Ko'k darvoza
"Ko'k darvoza, ortingda bir qizni ko'rdim,"
Qo'liga suv to'la chelak ko'targan.
Nahotki bilmayman, ko'rmaganman hech,
Ko'chamdan bir suluv malak o'tarkan.
Ko'k darvoza, yashirding shunday qizingni,
Va uni qizg'onding, rashk qilding mendan.
Har kuni ko'z tikib, poylab izingni,
Bir kun tortib olay qizingni sendan.
Ko'k darvoza, ko'ksimda ko'kday dardim bor
Seni taqillatsam ketar g'oyibga.
Nahot sevib qoldim, dil bog‘ladim men,
Sevgim eshik ochdi bu g'aroyibga.
Ko'k darvoza, suluvga xatimni yetkaz,
Men uni kutaman buloq boshida.
Aytgin tezroq kelsin, jilmayib kelsin,
Bir o'g'lon yigitdek turay qoshida.
Ko'k darvoza, hali ham bedorlikdaman,
Nega chaqirmaysan hanuz qizingni.
Yoki ranjidimi qizginang mendan,
Yoki izlab boray o'sha izingni.
... Ko'k darvoza, ortingda bir qizni ko'rdim,
Egnida oq libos, oppoq bir libos.
Unda yosh, menda yosh, ayb faqat menda,
Eshigin ertaroq qoqmadim, xolos.
👁 2💬 0
Something wrong with this poem?
Replies are closed for this poem.
Your Poem's Voice
See what makes your poem unique — its voice, energy, themes, and the literary traditions it draws from.
Comments (0)
No comments yet. Be the first to share your thoughts.
Log in to leave a comment.