Ota
* * *
Ota...
Ko'ryapsanmi anov tog'larni?
Sen tog'day yuklarni boshda ko'tarding.
Men yelkangda ko'rdim asov tog'larni,
Lekin... dardi yo'qdek kulib o'tarding.
Ota...
Ko'ryapsanmi anov xirmonni?
Bizning qorin to'ydi o'sha xirmonda.
Biz qorin g'amini yegandik faqat,
Sen esa hali ham o'sha armonda.
Ota...
Ko'ryapsanmi, anov sovuq qish,
Lablaring sovuqdan demaydi bir un.
Bizlar po'stin kiyib sovuqda qotdik,
Senga esa qalindek tuyuldi yupun.
Ota,
Otajonim,
Mehribon otam,
Qara, ko'ryapsanmi, qara, qaragin.
Ko'rmayapsan, bilinmaydi, sen-ku sezmaysan,
Umringning biz uchun ado bo'lganin.
Ota,
Otajonim,
Davlatim otam,
Men ko'rdim sochingda oppoq tolangni.
"Kel, dardingni olayin",-demadim bir bor.
Kechirilsang, kechir aybdor bolangni.
Ota...
Ko'ryapsanmi, qalbimda ishonch,
Yoningga ishonching oqlab boraman.
Meni duolaring qo'llasa abad,
Men o'sha sen kutgan farzand bo'laman.
Mohira Diniqulova
👁 6💬 0
Something wrong with this poem?
Replies are closed for this poem.
Your Poem's Voice
See what makes your poem unique — its voice, energy, themes, and the literary traditions it draws from.
Comments (0)
No comments yet. Be the first to share your thoughts.
Log in to leave a comment.